Tyanszin – Toshkent yo‘nalishida ilk yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

Xitoyning yirik va zamonaviy portlaridan biri — Tyanszin portidan Toshkent sari ilk yuk poyezdi harakatni boshladi. Bu orqali port ilk bor Markaziy Osiyo bilan temiryo‘l orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘landi.
Mazkur temiryo‘l yo‘lagi:
— yuk tashish masofasini 800 kilometrga qisqartiradi,
— yetkazib berish muddatini kamaytiradi,
— transport xarajatlarini pasaytiradi.
Tyanszin porti 180 ta mamlakatdagi 400 dan ortiq port bilan savdo aloqalariga ega bo‘lib, mazkur yangi yo‘nalish eksport-import imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, bu loyiha O‘zbekiston bozorini xalqaro kompaniyalar uchun yanada jozibador qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter