«Twitter»da tozalash ishlari avjida ketmoqda
«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i soxta va bot-akkauntlar, noto‘g‘ri va yolg‘on axborot tarqatish hamda boshqa g‘arazli maqsaddagi foydalanuvchilarga qarshi kurashni boshlab yubordi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
«Twitter» «fire hose» (yong‘in shlangi) nomi ostida 2017-yilning so‘nggi 3 oyida 58 million hisobni o‘chirdi. Bunday holat ayni kunlarda ham davom etayapti.
«Twitter» AQShdagi 2016-yilgi prezident saylovida Rossiyaning manipulyasiyalari tufayli jiddiy tanqid qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter