Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Twitter»da Kennedi o‘limining 55 yilligiga bag‘ishlangan iqtiboslar sahifasi ochildi

«Twitter»da Kennedi o‘limining 55 yilligiga bag‘ishlangan iqtiboslar sahifasi ochildi

AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi (suratda o‘rtada)

Foto: «RIA Novosti»

AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi jamg‘armasining kutbxonasi prezident o‘limining 55 yillik sanasiga bag‘ishlab «Twitter»da ishonch yorlig‘ili sahifa ochdi.

«@JohnFKennedy» nomli yangi sahifada «internet avlodilari»ni Kennedining g‘oyalari bilan tanishtirish, uning fikrlari hozirda ham dolzarbligini yo‘qotmaganini namoyish etish maqsadida uning fikrlaridan iqtiboslar berib boriladi.

«Twitter»dagi sahifa ochilishi bilan unda Kennedining «Hech narsa o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, amalga oshiriladi», «Umid qilamanki, Amerika faqatgina o‘z kuchi bilan emas, sivilizatsiyasi bilan ham butun dunyoda hurmat qozonadi» kabi qator fikrlari chop etilgan.

Jon Fitsjerald Kennedi 1961-1963 yillarda prezident bo‘lgan. 1963 yilning 22 noyabrida Kennedi Dallasda otib tashlangan. Tergov prezident Li Xarvi Osvald tomonidan o‘ldirilgan, deb xulosa chiqargan. Ayblanuvchi ikki kundan so‘ng otib tashlangan. 55 yildan buyon Kennedining o‘limi bilan bog‘liq ko‘plab tahminlar qilingan, ammo ularning hech biri rasman tasdiqlanmagan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring