Twitter Trampni taqiqdan chiqardi, unga yuz minglab obunachilar «yog‘ilmoqda»
Twitter tarmog‘ining yangi egasi Ilon Mask tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ishtirokchilari sobiq AQSh prezidenti Donald Trampning sahifasi tiklanishi uchun ovoz berdi.
Natijada Trampning akkaunti taqiqdan chiqarildi.
Sobiq prezident sahifasi 2021-yil 8-yanvarda, Tramp tarafdorlari Kongressning Jo Baydenning prezidentlik g‘alabasini tasdiqlashiga to‘sqinlik qilish maqsadida Kapitoliyga bostirib kirishganidan ikki kun o‘tib muzlatib qo‘yilgandi.
Qayta tiklangan sahifada Tramp hali hech narsa yozmagan. Biroq, unga allaqachon 600 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lib ulgurdi.
Maskning so‘rovida 15 milliondan ortiq odam qatnashdi. Ularning 52 foizi Tramp akkauntini tiklash tarafdori ekanini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter