«Twitter» asoschisi o‘zining shaxsiy noutbugi yo‘qligini tan oldi
«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i bosh direktori Jek Dorsi noutbukdan foydalanmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Sidneyda bo‘lib o‘tgan anjumanda so‘zlab bergan, deb xabar beradi «NV.ua».
Yangiliklar muxbiri Deb Nayt tomonidan onlayn-xavfsizlik masalasida bergan savoliga javoban «mening noutbugim yo‘q, men doim barcha ishni smartfonimda bajaraman», — degan Dorsi. O‘z savolida Nayt «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg o‘z noutbugini veb-kamerasini yarishib qo‘yganligini misol qilib keltirgan.
Dorsi klaviaturadan foydalanish o‘rniga, ovozli xabarlarni matnga o‘giradigan funksiyalarni ma’qul ko‘radi. Biroq Dorsi noutbukdan xavfsizlik nuqtai nazaridan emas, balki shunchaki ish va yashash tarzida smartfonga o‘rganib qolganligi uchun undan foydalanmaydi.
«O‘ylashimcha, bularning barchasi bizning vaqtimizni o‘g‘irlaydi. Bizda mavjud qurilmalarda ko‘plab qiziqarli narsalar bor, shu sababli unga «o‘ralashib» qolish mumkin. Shundan kelib chiqib shaxsiy tajribamda hech qachon ertalab turishim bilan telefonimni tekshirib ko‘rmayman, avval ishga boraman. Shuningdek, boshqalardan keladigan xabarlar ovozini o‘chirib qo‘yganman», — deydi Dorsi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter