Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuxum iste’mol qilishning eng yomon usuli ma’lum qilindi

Tuxum iste’mol qilishning eng yomon usuli ma’lum qilindi

Diyetolog Mixail Ginzburg tuxum iste’mol qilishning eng yomon usulini ma’lum qildi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori «Rossiya 1» telekanali efirida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mahsulot bilan qovurilgan har qanday kolbasa bu taomni zararli qiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga 50 gramm miqdorida qizarib pishgan qizil go‘sht bilan tuxum iste’mol qilish turli kasalliklar, xususan, oshqozon osti bezi va yo‘g‘on ichak saratoni xavfini oshiradi. Shifokor shuningdek, ushbu mahsulotlarning kombinatsiyasi aterosklerozni tezlashtirishi mumkinligini qo‘shimcha qiladi.

Mutaxassis tuxumni qovurilgan go‘sht bilan ortiqcha iste’mol qilmaslikni maslahat bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring