Turmush o‘rtog‘i qamalib, bir oylik chaqalog‘i bilan qolgan ayol taqdiri
Bir oylik chaqalog‘i bilan qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonlik fuqaro O.J. joriy yilning may oyida ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga turmush o‘rtog‘ining yoniga borgan hamda iyun oyida qiz farzandli bo‘lgan.
Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra O.J.ning umr yo‘ldoshi hibsga olingan. Bir oylik chaqalog‘i bilan og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan ayol agentlikning Yekaterinburgdagi vakilligiga murojaat qilgan.
Holat o‘rganilib, yurtdoshimiz Yekaterinburg xalqaro aeroporti orqali Toshkentga qaytarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter