Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanistonda 2021-yildan bosma nashrlarga obuna cheklanmoqda

Turkmanistonda 2021-yildan bosma nashrlarga obuna cheklanmoqda

Foto: «Newizv.ru»

Turkmanistonda 2021-yildan gazeta va jurnallar faqat elektron ko‘rinishda taqdim etiladi. Faqat pensiyadagilar istisno qilingan, ular qog‘oz nashrlarga odatdagidek obuna bo‘lishlari mumkin, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Obunachilar o‘z nashrlarini elektron shaklda olishlarini Turkmaniston poytaxti pochta bo‘limlarida ishlovchilar ham tasdiqlashmoqda. Yarim yil uchun (1-yanvardan 30-iyungacha) 60 manatga obuna bo‘lish mumkin. Shuni ham nazarda tutish kerakki, «xohlovchilar» mamlakatdagi barcha rasmiy gazeta va jurnallarga bir yo‘la obuna bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda markaziy va hududiy gazetalar soni 21 ta, jurnallar esa sakkizta.

Xabarga ko‘ra, bir necha yoki bitta muayyan nashrga alohida obuna bo‘lish ilojsiz. Elektron nashrlarni elektron qurilmaga o‘rnatilgan maxsus ilova orqali o‘qish mumkin bo‘ladi.

Istisno ko‘zda tutilgan pensiyadagilarga esa bir yoki bir nechta nashrga obuna bo‘lishga ruxsat etilgan.

«Orient» axborot agentligi xabar berishicha, mamlakatdagi qator davriy nashrlar qog‘ozni iqtisod qilish maqsadida birlashtirilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring