Turkmaniston prezidenti o‘g‘lini Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovni sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri lavozimidan ozod qilib, bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi, deb xabar berdi ORIENT axborot agentligi.
Mamlakat prezidenti hukumat tarkibiga Vazirlar Mahkamasi raisining yana bir rais o‘rinbosari lavozimini joriy qildi va uni Davlat xavfsizlik kengashiga kiritib, Oliy nazorat palatasi raisi etib tayinladi. Bu lavozimga Serdar Berdimuhamedov tayinlandi.
Bosh vazirning yangi o‘rinbosari, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimida, moliya-iqtisodiy sektorda va ijtimoiy sohada raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish uchun javobgar bo‘ladi.
Prezidentning yangi lavozim maqomi to‘g‘risidagi farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasida Nazorat bo‘limi tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter