Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston Kaspiy dengizi sohilida yirik elektr stansiya qurmoqchi

Turkmaniston Kaspiy dengizi sohilida yirik elektr stansiya qurmoqchi

Foto: Oilgas.gov.tm

Kaspiy dengizining Turkmaniston hududidagi sohilida quvvati 1574 MVt bo‘lgan elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yangi stansiyani barpo etishdan maqsad mahalliy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash, elektr energiyasi eksporti hajmini oshirishga qaratilgan. Kombinatsiyalangan elektr staniyasi Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi tomonidan quriladi. Qurilish 2023 yilning noyabr oyida boshlanadi va 2027-yilning may oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan muzokaralarda turkman elektr energiyasini Turkiyaga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilingandi.

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining nashri – “Neytral Turkmaniston” gazetasiga ko‘ra, 2023 yilning birinchi yarmida mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 foizga, eksport hajmi esa 7,7 foizga oshgan.

Turkmaniston Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qilib keladi. Kelgusida O‘zbekiston va Eron orqali elektr energiyasi uchinchi davlatlarga eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring