Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

Poytaxtimizdagi «Turkiston» saroyida «Oltin qalam» milliy mukofoti uchun XV tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

Turkiya respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar:

«O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida investitsiya loyihalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun» — murojaat bo‘lmadi.

«O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun» — «Darakchi.uz»dan Farida Egamberdiyeva.

«Turkiya va turk madaniyati haqidagi eng yaxshi material uchun» — «O‘zbekiston 24» radiosidan Sharofitdin To‘laganov.

«Turkiya tashqi siyosati haqidagi eng yaxshi material uchun» — «Xabar.uz»dan Sobirjon Yoqubov.

«Xabar.uz» ijodiy jamoasi «Oltin qalam» tanlovi g‘oliblari va sovrindorlarini tabriklaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring