Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaning Malatya shahrida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyaning Malatya shahrida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning Twitter’da yozishicha, zilzila oqibatida 23 kishi tan jarohati olgan.

«Malatyada 22 va Adiyamanda 1 kishi, jami 23 nafar fuqaromiz yiqilish yoki balandlikdan sakrash natijasida jarohat oldi», – deya yozgan Fahrettin Koja.

Zilzila oqibatida aholi qo‘rqib ko‘chaga chiqqan. Turkiya tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi zilzila 7 km chuqurlikda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

«Hozirda vaziyatni o‘rganish davom etmoqda. Qadimgi tashlandiq bino qulab tushgani va bir necha fuqarolarimiz vahima ichida balkondan sakragani haqida xabar oldik», — deydi Malatya gubernatori.

Odamlarga yordam berish uchun jami 21 ta tez tibbiy yordam mashinasi va 7 ta qutqaruv guruhi safarbar etilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring