Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi konda qutqaruv ishlari yakunlandi

Turkiyadagi konda qutqaruv ishlari yakunlandi

Mamlakat energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Do‘nmez Turkiya shimolidagi shaxtadagi portlashdan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanganini ma’lum qildi.

Turkiya shimolidagi Bartin provinsiyasidagi ko‘mir konida juma kuni kechqurun portlash yuz berdi. Halok bo‘lganlar soni 41 kishiga yetdi.

«Bartinda kecha kechqurundan beri davom etayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi», deya vazirning sщzlarini iqtibos keltirdi TRT Haber.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rajab Toyyip Erdo‘g‘onga ta’ziya yo‘llagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring