Turkiyada yangi cheklovlar joriy etildi

Turkiya Respublikasida koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on tomonidan quyidagi yangi cheklovlar e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
- hafta davomida 5 kun soat 21:00 dan 05:00 gacha tungi komendantlik soati;
Qizil viloyatlarda, shu jumladan Istanbul shahrida ham, shanba va yakshanba kunlari komendantlik soatiga amal qilinadi.
- umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran va boshqalar) viloyat rangidan qat’i nazar, 50 foiz bandlik bilan ishlaydi;
- uyga yetkazib berish xizmati dam olish kunlari amalga oshiriladi.
Ramazon oyida (2021 yil 13 aprel - 12 may) uchun yangi cheklov choralari:
- Turkiyaning barcha viloyatlarida hafta oxiri komendantlik soati (shanba va yakshanba);
- umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran va boshqalar) faqat yetkazib berish uchun ishlaydi;
Ramazonda ommaviy iftorlik va saharliklar taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter