Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada yana minglab kishilarda koronavirus aniqlandi

Turkiyada yana minglab kishilarda koronavirus aniqlandi

Foto: «Sputnik»

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus holati aniqlanganlar soni bir kecha-kunduzda 1195 taga ko‘payib, jami kasallanganlar soni 175 218 kishiga yetdi, 15 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Bugun 1195 ta yangi holat qayd etildi, jami kasallanganlar soni 175 218 kishiga yetdi. Shu bilan birga, 15 nafar bemordan ayrilib qoldik, jami vafot etganlar soni 4778 nafarni tashkil etmoqda. Shu kecha-kunduzda 1242 nafar bemor sog‘aydi, jami tuzalganlar soni 149 102 tadan iborat», — deb yozgan Koja «Twitter»da.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 7,4 million kishi kasallangan bo‘lib, ulardan 418 ming nafari vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring