Turkiyada topilgan gilamga o‘ralgan ayol jasadi o‘zbekistonlik ekani tasdiqlandi
Turkiyaning Istanbul shahrida ayol kishining jasadi gilamga o‘ralgan holda topilgani xabar qilingan edi. Jasad yonidan O‘zbekistonning uch fuqarosiga tegishli hujjatlar chiqqan.
Mamlakatimizning Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng 2019-yil 30-may kuni jasadi gilamga o‘ralgan holda topilgan ayol kishining shaxsi aniqlandi. Marhuma 1992-yil 31-dekabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi O.N. bo‘lib chiqdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan xabar berildi.
Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Konsullik-huquqiy departament marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter