Turkiyada saylovlarning oxirgi bosqichi yakunlandi
Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Bu haqda Turkiya Oliy saylov kengashi raisi Ahmet Yener ma’lumot bergan.
«Ovoz berish jarayoniga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar qayd etilmadi. MSKga kelib tushgan e’tirozlar ko‘rib chiqilib, javoblar hududiy saylov komissiyalariga yuborildi», — dedi u.
Ayni paytda saylov qutilari ochilib, ovozlarni sanash ishlari boshlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi bosqichda amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 49,5 foiz ovoz olgandi. Muxolifatchi Kamol Qilichdoro‘g‘li esa 44,88 foiz ovoz to‘plagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter