Turkiyada qadimgi malikaning qabri topildi
Turkiyaning Van viloyatida arxeologlar qazuv ishlari paytida aslzodalarga mansub ayolning qabrini topishdi. U podsho oilasiga mansub bo‘lishi mumkin. Olimlarning bunday xulosaga kelishiga murdaning yonidan topilgan ko‘plab qimmatbaho taqinchoqlar sabab bo‘lgan, deb yozadi «Daily Sabah».
Mutaxassislar qazilmalarni g‘oyib bo‘lgan Urartu davlati bilan bog‘lashmoqda. Qadimgi saltanat Osiyoning janubi-g‘arbiy yerlarida joylashgan bo‘lib, miloddan avvalgi II ming yillikdan milodiy 590-yilgacha mavjud bo‘lgan. O‘zining gullab-yashnagan davrida Urartu ulkan hududni nazorat qilgan. Faqat VII asrda qudratli g‘animlar (ular orasida skiflar va kimmeriylar ham bo‘lgan) hujumiga dosh berolmagan.
Ayol 20-25 yoshlarida hayotdan ko‘z yumgan. Ikkala bilagiga ham bilaguzuk, quloqlariga sirg‘a taqilgan. Chap qo‘lining barmog‘ida esa bronzadan yasalgan kattakon uzuk saqlanib qolgan. Bundan tashqari, mutaxassislar qimmatbaho toshlar qadalgan marjon va to‘g‘nog‘ichni topishgan.
Olimlarni, ayniqsa, uzuk qiziqtirib qo‘ydi. Ehtimol, u marhumaning turmushga chiqqanligini anglatar. Agar faraz o‘z tasdig‘ini topsa, bu nikohning eng qadimgi arxeologik dalillaridan biriga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter