Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada noxush holat qayd etildi

Turkiyada noxush holat qayd etildi

Foto: «News.yandex.ru»

Turkiyada bir kecha-kunduzda qayd etilgan koronavirusga chalinganlar soni 2529 kishini tashkil etdi, 87 nafar bemor vafot etdi — bu aprelning oxiridan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari dalolat beradi.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja koronavirus pandemiyasi Turkiyada ikkinchi cho‘qqisiga yetganini ma’lum qilgandi. Oldingi kunlari mamlakatda so‘nggi olti oy ichida bir kecha-kunduzda kasallanganlar soni bir necha marta eng yuqori ko‘rsatkichga yetgani qayd etildi.

«Bugun 2529 ta yangi COVID-19 holati aniqlanib, jami kasallanganlar soni 399 360 kishiga yetdi. 87 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi, jami vafot etganlar soni — 11 059. 3001 ta bemor og‘ir ahvolda qolmoqda. Bugun 2215 nafar bemor tuzalib, jami 342 501 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi»,deyiladi sog‘liqni saqlash vaziri xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring