Turkiyada IShID yetakchilaridan biri qo‘lga olindi
Turkiyaning Gaziantep shahrida IShID yetakchilaridan biri qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olingan shaxs Suriya shimolidagi Raqqa shahridagi «IShID xavfsizlik xizmati qo‘mondoni» va «Nineviya gubernatori» ekanligi aniqlangan.
Barcha zarur tartib-qoidalar o‘tkazilgandan so‘ng qo‘lga olingan shaxs sudga olib borilgan va sud uni hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili may oyida IShIDning yangi yetakchisi Abu Hasan al-Kurayshiy Istanbulda qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter