Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada endi begim kunlari ham komendantlik soati joriy etildi

Turkiyada endi begim kunlari ham komendantlik soati joriy etildi

Foto: «RIA Novosti»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on koronavirus pandemiyasi tufayli 23 — 26-aprel kunlari mamlakatning 31 provinsiyasida komendantlik soati joriy etilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Turkiyaning 31 provinsiyasi, jumladan, Anqara, Istanbul, Antalyada 11-12 va 18-19-aprel kunlari komendantlik soati joriy etilgandi.

«23-aprel soat 00:00 dan boshlab to‘rt kun davomida 31 provinsiyada komendantlik soati joriy etiladi», — dedi Erdo‘g‘on telemurojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «zamonaviy choralar samarasi» ta’sir ko‘rsata boshlagan. «Testlar soni oshyapti, kasallanganlar soni kamaymoqda. Umid qilamanki, yaqin kunlarda o‘lim soni ham kamayadi», — deya ta’kidlagan turk yetakchisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring