Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Foto: «Xabar.uz»

Turkiya Respublikasida COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida karantin choralari kuchaytirilib, yangi cheklovlar joriy etilmoqda.

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qilishicha, 2020-yil 1-dekabr soat 21:00 dan pandemiya bilan bog‘liq quyidagi yangi cheklovlar kuchga kiradi:

  • ish kunlari soat 21:00 dan 5:00 ga qadar komendantlik soati belgilandi;
  • dam olish kunlari juma kuni kechqurun soat 21:00 dan dushanba kuni ertalab soat 5:00 ga qadar ko‘chaga chiqish mumkin emas;
  • janoza va to‘y marosimlarida qatnashchilar soni 30 kishidan oshmasligi kerak;
  • barcha davlat muassasalari ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqtda faoliyat ko‘rsatadi;
  • 65 yoshdan oshgan va 20 yoshdan kichik fuqarolar jamoat transportidan foydalana olmaydilar;
  • mehmonlarni qabul qilish, mavludlar, kechalar o‘tkazish, bayramlarni, jumladan yangi yilni nishonlash taqiqlandi;
  • kinoteatrlar yil oxirigacha yopiq bo‘ladi. Shuningdek, sauna, hammom va lunaparklar ham yopiladi;
  • o‘yin va sport maydonchalaridan foydalanish taqiqlanadi. Mamlakatdagi barcha sport tadbirlarini hozirgi vaqtdagidek tomoshabinlarsiz o‘tkazishda davom etiladi;
  • savdo markazlariga faqat maxsus kod (HES) bilangina kirish mumkin bo‘ladi. Maxsus kod Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining elektron ilovasi orqali olinadi;
  • barcha bolalar bog‘chalari, tayyorlov sinflari va boshqa bolalar ta’lim muassasalari faoliyati to‘xtatiladi. Maktab o‘quvchilari va talabalar uchun masofaviy o‘qitish 2020 yil oxirigacha uzaytirilmoqda;
  • shifoxonalar, o‘t o‘chirish xizmatlari, politsiya va dorixonalar har kuni hech qanday cheklovlarsiz ishlaydi;
  • komendantlik soati vaqtida faqat uyga yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar, kafe va restoranlar ham ishlashni davom ettiradi;
  • agar biror kishida samolyot yoki poyezd chiptasi bo‘lsa, u aeroport yoki temir yo‘l stansiyasigacha yetib olish uchun shaxsiy yoki jamoat transportidan foydalanishi mumkin;
  • jamoat transportidan foydalanish, savdo markazi, kasalxona, davlat idoralariga kirish uchun HES kodi talab qilinadi. Bu Turkiya fuqarolariga ham, mazkur mamlakatda yashash huquqiga (ikamet) ega bo‘lganlarga ham tegishli;
  •  muntazam ravishda yuz niqobini taqib yurish tartibi, ijtimoiy masofani saqlash va virusga qarshi gigiyenik qoidalarga amal qilish, shuningdek, ko‘chada sigaret chekishga qo‘yilgan taqiq o‘z kuchida qolmoqda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring