Turkiya shimolida suv toshqinlari qurbonlari soni 59 kishiga yetdi
Turkiyaning Qoradengiz sohilida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqini qurbonlari soni 59 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasiga tayanib MIR 24 telekanali xabar bermoqda.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kastamonu, Sinop va Bartin viloyatlarini tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi. Suv toshiqinidan 284 kishi zarar ko‘rdi, 76 kishi bedarak yo‘qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada kuchli yomg‘ir 11-avgust kuni boshlangan. Shimoliy viloyatlarda sel keldi. Shahar ko‘chalarida balchiqli oqovalar paydo bo‘ldi. Binolar, transport vositalari va infratuzilmaga jiddiy zarar yetgan.
Ikki kun avval Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Kastamonu va Sinop viloyatlarida kuchli toshqin va sel oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 31 kishiga yetgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter