Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya NATOga kirish harakatidagi Shvetsiya va Finlyandiyaga talab qo‘ydi

Turkiya NATOga kirish harakatidagi Shvetsiya va Finlyandiyaga talab qo‘ydi

Foto: «RIA Novosti»

Turkiya prezidentining bosh maslahatchisi Ibrohim Qalin Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zolik masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan Anqara, Stokgolm, Xelsinki muzokaralarining natijalarini ochiqladi.

Turkiyaning talablari bajarilmas ekan, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zolik jarayoni to‘xtab turadi.

Amaldorning aytishicha, Shimoliy alyansga a’zolik harakatidagi mamlakatlar vakillari Anqaraning pozitsiyasini tushunish bilan qabul qilishgan. Muzokaraga kelgan vakillarga Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi va nimalar bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida axborot berilib, bu davlatlardan terrorizmda gumon qilinganlarni ekstraditsiya qilish hamda Turkiya hududiga mudofaa sanoati mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish talabi qo‘yilgan.

Anqaradagi muzokaralar yopiq eshiklar ortida besh soatga yaqin davom etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Finlyandiya va Shvetsiyani Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi. Anqara har ikki mamlakatdan terrorizmni qo‘llab-quvvatlamasligi to‘g‘risida yozma bitim imzolashni talab qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring