Turkiya klubi futbolchilar o‘rniga echkilarni sotib oldi
Turkiyaning «Gulspor» futbol klubi yoshlar tarkibidagi 18 nafar futbolchisini sotib yuborib, ulardan tushgan 15 ming lira mablag‘ga 10 ta echki sotib oldi. Bu haqda «Tribune Dergi»ning «Twitter»dagi sahifasida e’lon qilingan.
Jamoa rahbariyati echki sutini sotish orqali 5 ming lira ishlab topmoqchi. Ta’kidlanishicha, barcha tushumlar klubning muhim ehtiyojlari uchun sarflanadi.
«Lenta.ru»ning yozishicha, «Gulspor» rahbari Kenan Buyuklebeb «CNN»ga bergan intervyusida jamoaning manfaatini ko‘zlab ish tutganini aytgan. «Bizning daromadimiz oshadi. Biz jamoaning foydasini ko‘zlab ish tutdik, mamlakatdagi ishlab chiqarishga ham o‘z hissamizni qo‘shdik»,-degan u.
Shuningdek, u echkilarni ko‘paytirishlarini va olti yildan so‘ng echkilar soni 140 taga yetishini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter