Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Iroq va Suriyadagi maxsus operatsiya davomida 326 nafar terrorchini yo‘q qildi

Turkiya Iroq va Suriyadagi maxsus operatsiya davomida 326 nafar terrorchini yo‘q qildi

Turkiya harbiy-havo kuchlarining Suriya va Iroqdagi havo amaliyotlari davomida 326 nafar terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Panja-qilich operatsiyasi natijasida shu kungacha 326 nafar terrorchi yo‘q qilindi. Terrorchilarni jazolash operatsiyasi havodan o‘t ochish orqali davom etmoqda»,– deydi Turkiya mudofaa vaziri.

Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiya armiyasining Suriya shimolidagi AQSh kuzatuv punktiga hujum qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Turkiya mudofaa vazirining ta’kidlashicha, «Panja-qilich» operatsiyasi 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron ishtirokida amalga oshirilgan. Zarbalar Turkiyada taqiqlangan Suriyadagi Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) va «Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari» ob’yektlariga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 noyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya shimolida quruqlikdagi aksilterror operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring