«Turkiya – Eron – Turkmaniston – O‘zbekiston» temiryo‘li faoliyat boshladi
«Turkiya – Eron – Turkmaniston – O‘zbekiston» yangi temir yo‘l yo‘nalishida yuk tashuvlari boshlandi.
Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Turkiya tomoni bilan hamkorlikda «Gumruh» stansiyasidan Toshkent shahriga yuklarni tashish yo‘nalishini ishlab chiqdi. Jumladan, 40 ta vagondan iborat poyezd maishiy texnikadan iborat, Turkiya, Eron, Turkmaniston bo‘ylab harakatlanib bugun O‘zbekistonga yetib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter