Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya eng ko‘p insonparvarlik yordami ko‘rsatgan davlat

Turkiya eng ko‘p insonparvarlik yordami ko‘rsatgan davlat

Global insonparvar yordam tashkilotining 2018-yilgi hisobotida Turkiya o‘tgan yili eng ko‘p insonparvarlik yordami ko‘rsatgan davlat ekani qayd etildi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

O‘tgan yili Turkiya xalqaro miqyosda 8,7 milliard AQSh dollari miqdorida xayriya yordami ko‘rsatgan davlat bo‘ldi.

Undan keyingi o‘rinda AQSh turibdi, uning ko‘rsatkichi 6,68 milliard dollar. Germaniya 2,99, Angliya 2,52, Yevropa ittifoqi tashkilotlari 2,24 milliard dollar xayriya qilgan.

Ayni paytda dunyoda 134 ta davlatda 201 million kishi insonparvarlik yordamiga muhtoj.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring