Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiy davlatlar navoiyshunoslari Qo‘qonda yig‘ildi

Turkiy davlatlar navoiyshunoslari Qo‘qonda yig‘ildi

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston TURKSOY xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lganidan, bugunga qadar qator madaniy loyihalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

TURKSOY, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamda Farg‘ona hokimligi hamkorligida Alisher Navoiyning 583 yilligiga bag‘ishlab Qo‘qon davlat universitetida o‘tkazilgan «Alisher Navoiyning ilmiy merosi» mavzuidagi ilmiy konferensiya»ni ham shu doiradagi anjumanlardan biri bo‘ldi deyish mumkin.

Turkiy davlatlarning navoiyshunos olimlari, tadqiqotchi ziyolilar hamda talabalar ishtirok etgan anjumanda TURKSOY bosh kotibi Sultan Rayev, Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov hamda Qo‘qon davlat universiteti rektori G‘ofurjon Zohidovlar so‘zga chiqib, Navoiyning boy adabiy-ilmiy merosining yarim asrdan keyin ham ahamiyatini yo‘qotmagani, aksincha, yanada kengroq tatbiq etish lozimligi xususida to‘xtalishdi.

Jumladan, «Hazrat Alisher Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyoti va she’riyatining sultoni balki u butun Turk dunyosining umumiy oltin merosi, butun jahon sivilizatsiyasining atoqli vakili. Navoiyning she’riyati butun jahon she’riyatining haqiqiy durdonasi, avj nuqtasi, haqiqiy she’riyatning eng yuqori etaloni», – dedi TURKSOY bosh kotibi Sultan Rayev o‘z ma’ruzasida.

Shuningdek, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkiyadan kelgan ilm egalarining ma’ruzalari ham eshitildi.

Qisqacha aytganda, anjuman nafaqat, Navoiy merosiga oid fikr-mulohaza va ma’lumotlar almashish maydoni bo‘ldi, balki bu boradagi yangi ilmiy hamkorliklarga poydevor vazifasini ham o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring