Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turizm hamda moliya vazirlari, soliq va bojxona qo‘mitalari raislari qat’iy ogohlantirildi

Turizm hamda moliya vazirlari, soliq va bojxona qo‘mitalari raislari qat’iy ogohlantirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Dyuti fri» va «taks fri» tizimlarini joriy etish bo‘yicha qaror imzolanganidan 3 yil o‘tganiga qaramay, bu borada sustkashliklarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi.

Turizm vaziri A.Abduhakimov, moliya vaziri T.Ishmetov, soliq qo‘mitasi raisi Sh.Qudbiyev va bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonov qat’iy ogohlantirildi: ushbu tizim 2023-yil 1-yanvardan to‘liq ishga tushishi shart.

Videoselektor yig‘ilishida sayyohlik tashkilotlariga qo‘yilgan talablarni soddalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Misol uchun, bugungi kunda mehmonxona tashkil etish uchun 97 ta, «yulduz» olish uchun esa 138 ta talab mavjud.

«Agar turizm sohasida raqobat qilishni istasak, birinchi navbatda, mehmonxonalar sifatiga alohida e’tibor qaratishimiz zarur», — dedi prezident.

Mehmonxonalar tashkil etish uchun talablarni xalqaro standartlar asosida soddalashtirish topshirildi.

Turistlarni ichki ishlar idoralarida ro‘yxatga olish tizimi ham yengillashtirilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Eng rivojlangan mamlakatlar ham har bir turist uchun talashayotgan paytda, bizdagi ortiqcha cheklovlarni hammasini qayta ko‘rib chiqish kerak», — dedi davlatimiz rahbari.

Shu munosabat bilan turizm va ichki ishlar vazirlariga  xorijiy turistlarni ichki ishlar idoralarida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat olishdan onlayn xabardor qilish tartibiga o‘tkazish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring