Turistik xizmatlarning 70 foizdan ortig‘i Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi 152,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot bermoqda.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 foizga oshgan.
Turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi tarkibida Toshkent shahrining ulushi 72,4 foizni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter