«Tur de Frans»ning ikki karra chempioni jiddiy jarohat oldi
Daniyalik velopoygachi Yonas Vingegorning o‘mrov suyagi va bir nechta qovurg‘alari singan.
«Tur de Frans»ning ikki karra g‘olibi Basklar mamlakatida musobaqaning to‘rtinchi bosqichida baxtsiz hodisaga uchradi va u kasalxonaga yotqizildi.
«Bu dahshatli baxtsiz hodisa edi, lekin xayriyatki, Yonasning holati barqaror va u xushida.
Kasalxonada o‘tkazilgan tekshiruvda uning o‘mrov suyagi va bir nechta qovurg‘alari singanligi aniqlangan. U ehtiyot chorasi sifatida kasalxonada qolmoqda», dedi uning jamoasi vakili.
Yiqilish vaqtida belgiyalik Remko Evenepul ham jarohat oldi — unga o‘ng o‘mrov suyagi va o‘ng yelka suyagining sinishi tashxisi qo‘yilgan.
«Juma kuni Remko Belgiyaga boradi, u yerda o‘mrov suyagida operatsiya o‘tkaziladi va shifoxonada keyingi tekshiruvdan o‘tadi», deyiladi uning jamoasi bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter