Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tunis, Tehron, Tripoli, Karachi va Toshkent – dunyoning eng arzon shaharlari

Tunis, Tehron, Tripoli, Karachi va Toshkent – dunyoning eng arzon shaharlari

Buyuk Britaniyaning «The Economist Intelligence Unit» tahliliy kompaniyasi dunyoning 173 ta yirik shahrida yashash narxi bo‘yicha yangi tadqiqotini e’lon qildi. Unda tahlilchilar 2023-yilning martidan sentyabrigacha bo‘lgan davr uchun 400 ta tovar va xizmatlar narxini dollarda solishtirgan. Barcha shaharlar Nyu-York bilan taqqoslanib, uning bazaviy reytingi 100 ta punkt asosida baholangan.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, dunyoning yirik shaharlarida yashash o‘rtacha 7,4 foizga qimmatlashgan. Bu o‘tgan yilgi 8,1 foizlik ko‘rsatkichdan bir oz kamroq, ammo 2017−2021-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori shakllangan.

Foto: «The Economist Intelligence Unit»

Singapur va Syurix eng qimmat yashash darajasiga ega shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Syurixga Shveysariya frankining mustahkamlanishi, Singapurga esa transport va kiyim-kechakning qimmatligi yordam bergan. Keyingi o‘rinlarda Jeneva, Nyu-York va Gonkong turibdi. Shuningdek, kuchli o‘ntalikka Los-Anjeles, Parij, Kopengagen, Tel-Aviv va San-Fransisko kirgan.

Toshkent esa dunyoning qimmat shaharlari reytingida 31 punktlik bazaviy reyting bilan 169-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston poytaxtining reytingdagi o‘rni Tunis va Karachi o‘rtasida joylashgan.

Uzoq vaqt davomida dunyodagi eng arzon shahar Suriya poytaxti Damashq (13 ball) bo‘lib qolmoqda, bu reytingda unga eng yaqin bo‘lgan Tehrondan (20) deyarli ikki barobar ko‘p. Kuchli o‘nlikka Tripoli, Lusaka, Lagos, Buenos-Ayres, shuningdek, Hindistonning Ahmadobod va Chennay shaharlari kiradi.

Foto: «The Economist Intelligence Unit»

Damashq, Tehron va Tripolida oziq-ovqat, shuningdek, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy parvarishlash mahsulotlarining arzon narxlari kuzatilmoqda. Bundan tashqari, eng yuqori inflyasiya Karakasda (450 foiz) qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring