Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tungi klublarning birida bezorilik sodir etgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

Tungi klublarning birida bezorilik sodir etgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

Kecha, 17-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro boshqa fuqaro tomonidan tan jarohati olib yiqilib tushganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, voqea joriy yilning 16-mart tungi soat 02.30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan tungi klublarning birida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tungi klubga mijoz sifatida kelgan 30 yoshli A.Shukurov o‘zining tanishi 40 yoshli X.A. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan nizo sababli o‘zaro janjallashgan. 35 yoshli B.A. esa ularni ajratishga harakat qilgan vaqtida A.Shukurov uni urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada B.A. «bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish» tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat sodir etgan shaxs – A.Shukurov esa tergovdan qochib yashiringan va unga nisbatan Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan sirtdan Jinoyat kodeksining 277-moddasi  («Bezorilik») va 104-moddasi («Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish») bilan ayb e’lon qilinib «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida A.Shukurov Qozog‘iston Respublikasida ushlandi.

«Hozirda uni Toshkent shahriga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring