Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tungi klublar ochilganidan so‘ng Janubiy Koreyada koronavirusni yuqtirish ko‘paydi

Tungi klublar ochilganidan so‘ng Janubiy Koreyada koronavirusni yuqtirish ko‘paydi

Foto: «Pixabay»

Koreya Respublikasi kasalliklar nazorati va oldini olish markazi mamlakatda koronavirusni yuqtirish holatlari 18 taga oshib, 10 840 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Mana shu 18 ta holatdan 17 tasi o‘tgan dam olish kuni Seulning Itayevon tumanidagi tungi klubga borgan 29 yoshli fuqaro orqali tarqagan.

Keyingi kuni mamlakatda yana 34 kishida koronavirus topildi. 

Bu voqealardan so‘ng shahar hokimi barcha tungi klub va barlarni noma’lum muddatga yopishga buyruq berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring