Trinidad va Tobago politsiyasi ichida 14 erkak jasadi bo‘lgan kema bo‘yicha tergov boshladi
Trinidad va Tobago politsiyasi mahalliy baliqchilar tomonidan topilgan bortida 14 ta erkak jasadi bo‘lgan kema bo‘yicha tergov harakatini boshladi. Bu haqda agentlikning Facebookdagi sahifasida e’lon qilingan.
Qayd etilishicha, juma kuni ertalab soat 6:30 atrofida dengizchilar qirg‘oq yaqinida shubhali kemani payqashgan. Tekshirish davomida ular kemada odam jasadlarini topishadi va bu haqda politsiyaga murojaat qilishadi.
«Baliqchilar kemani Belle Gardenda qirg‘oqqa olib chiqishdi. Erkaklar jasadlari parchalanish holatida bo‘lgan, ular o‘lim sababini aniqlash uchun identifikatsiya qilish va keyinchalik murdani tekshirish uchun Skarboro umumiy kasalxonasi o‘likxonasiga yuborilgan», deyiladi politsiya xabarida.
Trinidad va Tobago favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kema xorijniki ekanini aniqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter