Traore «Barselona»ga to‘g‘ri kelmadi

«Barselona» Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Adama Traoreni sotib olmaydigan bo‘ldi. Ijara muddati tugagach, futbolchi «Vulverhempton»ga qaytadi.
Kataloniyaliklar Traoreni qishda «Vulverhempton»dan ijaraga olgandi. Ijara shartnomasi yarim yillik bo‘lib, keyinchalik sotib olish ehtimoli ham ko‘zda tutilgandi. Biroq 26 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safiga kirishib keta olmadi: ijarada davrida 9 ta to‘liq bo‘lmagan o‘yin o‘tkazib, bittayam gol ura olmadi.
Shu sababli ham Adama «Vulverhempton»ga qaytariladi. Uning ingliz jamoasi bilan shartnomasi 2023-yilning iyunigacha tuzilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter