Trampga ABBA guruhining qo‘shiqlaridan foydalanish taqiqlandi
ABBA guruhi va Universal Music ovoz yozish kompaniyasi o‘z qo‘shiqlaridan Donald Trampning saylovoldi tadbirlarida foydalanishni taqiqladi.
Leybl (Universal Music) ta’kidlashicha, afsonaviy shved guruhining musiqasidan foydalanishni so‘rab hech kim murojaat qilmagan, Trampda esa tegishli ruxsatnoma yoki litsenziya yo‘q.
Svenska Dagbladet yozishicha, «Dancing Queen» va «Takes It All» xitlari yaqinda Trampning Minnesotadagi tadbirida jaranglagan. Gazeta ushbu shtatda kelib chiqishi Shvetsiyaga borib taqaluvchi amerikaliklar juda ko‘p yashashiga e’tibor qaratgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter