Tramp Xitoy uchun bojni 10 foizmas, 15 foizga o‘zgartirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlari uchun kuzga mo‘ljallangan bojlarni yanada ko‘paytirdi, deb xabar berdi «Reuters». «Vedomosti» yozishicha, 1-sentyabrdan Xitoydan keltirilayotgan 300 milliard dollarlik mollarga, ilgari rejalashtirilganidek 10 foiz emas, balki 15 foizlik boj joriy etiladi.
Bu hammasi emas, Tramp Xitoyning 250 milliardlik tovarlariga amalda bo‘lgan 25 foizlik bojlarni 1-oktyabrdan 30 foizga oshirishni mo‘jallayapti.
Pekin Amerikaning 75 mlrd. dollarlik tovarlariga boj joriy etish haqida chiqargan qarorga Tramp shunday javob berdi.
Amerika tomoni XXR bilan muzokaralarga ochiqligini bildirdi. Vashington-Pekin muzokaralarining kelgusi raundi sentyabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter