Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp vaqt o‘zgarishiga qarshi

Tramp vaqt o‘zgarishiga qarshi

Foto: Vesty.co.il

Har yili an’anaviy tarzda yozgi vaqtga o‘tish tartibini bekor qilish uchun Respublikachilar partiyasi bor kuchini ishga soladi, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

«Yozgi vaqt noqulay va mamlakatimizga juda qimmatga tushmoqda», — deya Tramp respublikachilarning yiliga ikki marta soat millarini o‘zgartirishga qarshi ekanliklarini tushuntirdi.

AQSh Senati 2022-yilda yozgi vaqtni doimiyga aylantirishi kutilayotgan qonun loyihasini bir ovozdan ma’qullagan, ammo qonun hujjati vakillar palatasidan o‘tmagandi.

Trampning hozirgi bayonoti ham vaziyatga oydinlik kiritmaydi: qishki vaqt hozirgi holatida o‘zgarishsiz qoladimi yoki soat millari yozgi vaqtga surilib, shu taxlitda «qotirib qo‘yiladimi» — noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring