Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Ukrainaga yordam berish uchun ovoz bermaslikka chaqirdi

Tramp Ukrainaga yordam berish uchun ovoz bermaslikka chaqirdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp respublikachilar va Jo Bayden ma’muriyati o‘rtasidagi Ukrainaga harbiy yordam ajratishni nazarda tutuvchi kelishuvdan voz kechishga chaqirdi.

Tramp 2024 yilning noyabrida prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng ushbu masala bo‘yicha kampaniya o‘tkazmoqchi, deb xabar berdi CNN.

Tramp shu bilan AQShning amaldagi yetakchisi Jo Baydenning zaifligini ko‘rsatmoqchi. Hozirda Ukrainaga yangi yordam paketi qabul qilinmagan va uning keyingi taqdiri noma’lum.

Bitimga ko‘ra, AQShning janubiy chegarada immigratsiya siyosatini kuchaytirish evaziga 100 milliard dollardan ko‘proq harbiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan, uning bir qismi Ukraina uchun mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring