AQShda Tramp tarafdorlari Kongressga hujum qilib tartibsizliklar uyushtirdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning tarafdorlari Vashington Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini o‘rab olishdi. Bu haqda dastlab AQSh senatori Jeyms Lankford xabar bergan.
Natijada Senat va Vakillar Palatasi Arizonadagi so‘nggi ovoz berishga qarshi e’tirozlarni muhokama qilgan yig‘ilishni to‘xtatgan.
Shuningdek, namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bergan. Politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalangan.
Vashington meri Myuriel Bauzer hududda komentdantlik soatini joriy etgan.
Shuningdek, politsiya vakili Robert Kontiga ko‘ra, to‘nashuvlarda to‘rt kishi vafot etdi.
Voqealar fonida AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden amaldagi rahbar Trampdan TV orqali murojaat yo‘llash va tartibsizliklarni to‘xtatishga chaqirdi. Trampning ulkan auditoriyaga ega Tvitter sahifasi esa bloklab qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter