Tramp qasos olmoqchi
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylovlarda g‘oliblikni siyosiy raqibi demokrat Jo Baydenga olib bergani uchun «Fox News» telekanalidan qasos olish niyatida o‘zining onlayn ommaviy axborot vositasini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi «Axios» nashri.
«U «Fox»ni yakson etmoqchi, bunga hech qanday shubha yo‘q», — deya «Axios» prezidentga yaqin manbaning so‘zlarini keltiradi. Kabelli telekanalni ishga tushirish uchun katta mablag‘ talab etilgani uchun Tramp internetda translyasiya qilinadigan o‘z nashrini yaratishga intilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u oylik obunaga ko‘ra taqdim etiladi. Nashrning manbaga tayanib ta’kidlashicha, yangi kanal yordamida Tramp «ko‘p vaqtini «Fox»ni tanqid qilishga sarflamoqchi».
Amerikadagi barcha kabelli telekanallar orasida Trampga eng xolis bo‘lgan «Fox News» telekanali «Assoshieyted Press» agentligi bilan bir safda Arizona shtatidagi saylovlarda g‘oliblikni Baydenning foydasiga «hal qildi». Bu ikkinchi muddatga da’vo qilayotgan prezident va tarafdorlarining nafratiga sabab bo‘ldi.
AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden g‘alaba qozondi. Amerikadagi yirik OAV uning g‘alabasini e’lon qildi. Lekin AQShning amaldagi prezidenti, respublikachi Donald Tramp saylovlar hali tugamaganligini, o‘z g‘alabasini sudda himoya qilmoqchi ekanligini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter