Tramp Pentagonga yangi rahbar topa olmayapti
AQSh prezidenti Donald Trampning Mudofaa vaziri lavozimini egallash taklifi ikki kishi tomonidan rad etildi.
Amerika rahbari ushbu bo‘sh o‘rinni sobiq respublikachi senator Jon Kaylga va iste’fodagi general Jek Kinga taklif qilgan, deyiladi «Politico» siyosiy gazetasi xabarida.
Ayni damda Mudofaa vaziri vazifasini sobiq vazir Jeyms Mettisning o‘rinbosari Patrik Shaxanan bajarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mettis Tramp bilan kelishmovchiliklar sababli 1 yanvar kuni Pentagon rahbarligidan ketgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter