Tramp mamlakatni boshqarishga noloyiqmi?
AQSh prezidentni Donald Trampning «ruhiy nosog‘lom» deb hisoblashlari ortidan keladigan xavfdan tashvishga tushgan AQSh demokratik partiyasining Kongressdagi vakillari dekabr oyida Donald Trampning ruhiy holati haqida xulosa berishi uchun Yel universiteti psixiatri Bandi Liga murojaat qilishgan edi. Bu haqda «Politiko» va CNNga tayangan holda «Yevropa 1» radiosi xabar bermoqda.
Donald Trampning ruhiy holati tahlillaridan iborat kitob muallifi Bandi Li «deputatlar AQSh prezidenti ruhiy holatining nosog‘lomligi ortidan mamlakatga keladigan xavfdan tashvishda ekanliklarini» aytgan.
Mazkur holat yuzasidan rasmiy Oq uy bayonot berib, bu voqeani «sharmandali» deya baholagan. «Agarda u mamlakatni boshqarishga layoqatli bo‘lmaganda, bugun bu yerda bo‘lmasdi, respublikachilar partiyasidagi eng zo‘r nomzodlarni yengib o‘tolmagan bo‘lar edi», — deya 2016-yilgi saylovlarni esga olib o‘tdi Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders.
Prezidentni almashtirish mumkinmi?
Vakillar palatasining demokratlardan iborat 57 nafar deputati yoki umumiy deputatlar sonining 30 foizi mabodo mamlakat prezidenti davlatni boshqarishga ruhiy yoki jismoniy jihatdan qodir bo‘lmay qolganda, uni almashtirish bo‘yicha parlament komissiyasini tuzish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqishni taklif qilishgan.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tamizki, AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident ikki holatda lavozimidan chetlashtirilishi mumkin. Birinchisi, Kongress palatalarining ovozi bilan. Ikkinchisi esa 1967-yilgi o‘zgartirishga muvofiq prezident o‘z vakolatini bajarishga qodir bo‘lmagan holda uning o‘rnini vitse-prezidenti egallaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter