Tramp Kim Chen Inni «ajoyib rahbar» deya maqtadi va u davlati bilan muvaffaqiyatlarga erishishini aytdi
Bugun Vetnam poytaxti Xanoyda ikkinchi Shimoliy Koreya-AQSh sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
RIA «Novosti»ning yozishicha, KXDR va AQSh rahbarlari uchrashuvida Donald Tramp Shimoliy Koreyaning iqtisodiy qudratli bo‘lishiga yordam berishga va’da bergan.
O‘z navbatida Kim Chen In yana bir bor Koreya yarimorolini yadrosizlantirishga tayyorligini bildirgan.
Shuningdek, Tramp Kim Chen Inni «ajoyib rahbar» deya maqtagan.
«Albatta biz o‘zimiz va Shimoliy Koreya uchun yaxshi bo‘lgan kelishuvni imzolaymiz. Kim Chen Indek ajoyib rahbar bilan davlat ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishadi» dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, 27-28-fevral kunlari Xanoyda ikki davlat rahbarlari uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Kim Chenning zirhlangan poyezdda Vetnamga yetib kelgani xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter