«Tramp dafn marosimimga kelmasin»
Amerikalik taniqli siyosatchilardan biri, respublikachi senator Jon Makkeyn agressiv miya raki bo‘yicha davolanayotgan bir paytda «Tramp dafn marosimimga kelmasin» dedi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Bu xabarni Jon Makkeynning oilasi «New York Times» va «NBC News» nashrlari orqali ommaga e’lon qildi.
Arizonadan saylangan senator Makkeyn Oq uydan dafn marosimiga qatnashish huquqini Trampning muovini Mayk Pensga berdi. Oxirgi intervyularidan birida u: «Yana qancha yashayman, bilmayman», – degan. Tramp Makkeyn haqida: «U urush qahramoni emas, chunki Vetnamda asir tushgan edi», — degan edi.
Makkeyn bilan Tramp orasidagi tortishuv Tramp prezident bo‘lgandan keyin ham davom etdi.
Makkeyn Trampning sog‘liq sug‘urtasi qonuniga qarshi chiqqan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter