Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp ijtimoiy tarmog‘ining ishga tushirilish sanasi ochiqlandi

Tramp ijtimoiy tarmog‘ining ishga tushirilish sanasi ochiqlandi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining «Truth» nomli ijtimoiy tarmog‘ini 2022-yil 21-fevral — «AQSh prezidentlari kuni»da ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Reutersga ko‘ra, buni App Store platformasidagi manbalar tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, «Truth Social» tarmog‘i, Trump Media & Technology Group (TMTG) tomonidan Twitterga muqobil sifatida ishlab chiqilgan. Xususan, yangi ijtimoiy tarmoq Twitterdagi mavjud barcha imkoniyatlarni taqdim eta olishi ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Trampning Twitter, Facebook, YouTube, Instagram, Twitch, Snapchat tarmoqlaridagi akkauntlari 2021-yil 6-yanvarda, uning tarafdorlari Kapitoliyga hujum qilganidan so‘ng bloklangan.

Shunday qilib, «Truth» ilovasining ishga tushirilishi Tramp sahifalarining bloklaganidan 13 oy o‘tib bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring