Tramp Eron harbiy kemalarini cho‘ktirishni buyurdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy-dengiz kuchlari dengizda Eron harbiy kemalari ta’qibiga duch kelsa, ularni yo‘q qilishga topshiriq berdi.
«Men AQSh harbiy dengiz kuchlariga dengizda kemalarimizni ta’qib etgan Eron harbiy kemalarini o‘qqa tutishga va yo‘q qilishga topshiriq berdim», – deb yozgan Tramp «Twitter»da.
Joriy yil boshida Amerika elchixonasi bir necha marta raketalar hujumiga duchor bo‘lgach, Tehron va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar yana taranglashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter