Tramp AQShning eng boy odamlari ro‘yxatiga kiritilmadi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 25 yilda birinchi marta AQShning eng boy odamlari ro‘yxatiga kiritilmadi.
Eslatib o‘tamiz, nufuzli «Forbes» jurnali har yili Qo‘shma Shtatlarning 400 kishilik milliarderlar ro‘yxatini tuzib boradi. O‘tgan yili Tramp 339-o‘rinda edi.
Nashr yozishicha, Trampning boyligi hozirda 2,5 milliard dollarga teng. Ro‘yxatga ilinish uchun unga 400 million dollar yetmadi.
Donald Trampning muvaffaqiyatsizligini «Forbes» uning ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanishida ko‘rgan: COVID-19 pandemiyasi davrida bu soha anchagina «o‘tirib qolgan».
Eng boy amerikaliklar ro‘yxatini «Amazon» asoschisi Jeff Bezos boshqarmoqda — 201 milliard dollar. Keyingi o‘rinlarda: «Tesla» va «SpaceX» asoschisi Ilon Mask ($190,5 mlrd.), «Facebook» xo‘jayini Mark Sukerberg ($134,5 mlrd.), «Microsoft» asoschisi Bill Geyts ($134 mlrd.).
Rupert Merdok, Maykl Blumberg va Jorj Soros kabi taniqli shaxslar ham ushbu ro‘yxatda bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter